Jonli narxlar
AI-92 dan AI-100 gacha — har litr narxi va yetkazish haqi buyurtmadan oldin aniq ko'rinadi. Yashirin to'lovlar yo'q.
Zapravkaga borish, navbat kutish shart emas. Manzilni tanlang — eng yaqin benzovoz siz turgan joyga yetib boradi.
Cano — O'zbekistondagi yoqilg'i yetkazib berish platformasi. Ilovada manzil, yoqilg'i turi va hajmini tanlaysiz — tizim eng yaqin bo'sh benzovozni avtomatik topib, sizga yuboradi.
Narx buyurtmadan oldin ko'rinadi: har litr narxi va yetkazish haqi alohida. "To'la bak" rejimida haydovchi bak to'lguncha quyadi — faqat haqiqiy quyilgan hajm uchun to'laysiz.
AI-92 dan AI-100 gacha — har litr narxi va yetkazish haqi buyurtmadan oldin aniq ko'rinadi. Yashirin to'lovlar yo'q.
Haydovchi bak to'lguncha quyadi. Yakuniy summa taxmin bo'yicha emas — haqiqiy quyilgan hajm bo'yicha hisoblanadi.
Buyurtmadan so'ng haydovchini xaritada jonli kuzatasiz: qayerda, qachon yetib keladi — hammasi ko'z oldingizda.
Hozircha naqd to'lov, karta orqali to'lash tez kunda. Har buyurtmadan keshbek ham yo'lda.
Xaritada markerni turgan joyingizga qo'ying.
Turini tanlang: 10–30 L, to'la bak yoki boshqa hajm.
Narxni ko'rib tasdiqlang — eng yaqin haydovchi topiladi.
Haydovchi va benzovoz xaritada jonli ko'rinadi.
Haqiqiy quyilgan hajm bo'yicha to'laysiz.
Uch bosishda: manzil, yoqilg'i, tasdiqlash — bo'ldi.
To'lov taxminiy emas, haqiqiy quyilgan litr bo'yicha.
Kechasi ham, dam olish kunlari ham — 24/7 xizmat.
Tizim bo'sh haydovchilardan eng yaqinini avtomatik tanlaydi.
Har buyurtmadan ball to'plang, keyingisida ishlating.
Mashina yurmay qoldimi? Evakuator chaqirish xizmati.
O'tirib qolgan akumulatorni joyida quvvatlash.
Kalit ichida qolib ketdimi? Usta yetib boradi.
Hozircha Toshkent shahrida ishlaymiz. Boshqa shaharlar bosqichma-bosqich qo'shiladi — yangiliklarni ilovada e'lon qilamiz.
Hozircha yoqilg'i quyilgandan so'ng haydovchiga naqd to'laysiz. Karta orqali onlayn to'lov tez kunda qo'shiladi.
Haydovchi bakingiz to'lguncha quyadi va haqiqiy quyilgan hajmni kiritadi. Yakuniy summa aynan shu hajm bo'yicha qayta hisoblanadi — ortiqcha to'lamaysiz.
Yoqilg'i litsenziyalangan hamkorlardan olinadi va har bir partiya hujjatlashtiriladi. Savol tug'ilsa, buyurtma tarixidagi ma'lumotlar orqali aniqlashtirish mumkin.
Ha, telefon raqamingiz va SMS orqali keladigan bir martalik kod yetarli. Karta yoki boshqa hujjat talab qilinmaydi.
Vaqt haydovchining joylashuvi va yo'l holatiga bog'liq. Buyurtma berilgach, ilovada haydovchining joylashuvi va taxminiy yetib kelish vaqti jonli ko'rinadi.
10 litrdan boshlab buyurtma berish mumkin, yoki "to'la bak" rejimini tanlab, haydovchi bak to'lguncha quyishini so'rashingiz mumkin.
Ha, buyurtma berishda haydovchiga izoh yozish maydoni bor — masalan, aniq to'xtash joyi yoki mashina rangi haqida.
Ilova tez kunda App Store va Google Play'da. Hozir sinov versiyasi TestFlight orqali tarqatilmoqda.